Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
ҮШ ӘЎЛӘД УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov hamda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan tashkilotlar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida davlat tiliga oid qonunchilik talablariga rioya etilishi, tashqi va ichki yozuvlar, e’lonlar, axborot lavhalari hamda ko‘rgazmali vositalarning davlat tilida yuritilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ish yuritish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, fuqarolar bilan muloqot jarayonlarida davlat tilidan foydalanish darajasi hamda qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida davlat tilining nufuzini yanada oshirish, qonun talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi o‘rtasida davlat tiliga hurmat va e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, davlat tilining jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash hamda qonunchilik talablariga rioya etish holatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6