Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
“Og‘ir” mahallada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tuman hokimi o‘rinbosari va mahalla xodimlari ishtirokida xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qaroriga asosan “og‘ir” mahalla deb e’tirof etilgan “Bog‘chaovul” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🔺O‘rganish davomida uzoq yillar davomida ta’mirtalab holatda bo‘lgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha bildirilgan ko‘plab murojaatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Asfalt qoplamasini yotqizish jarayonining sifati, qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yo‘l qurilishi texnologiyasiga amal qilinishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

🔺Deputat tomonidan asfaltlashtirish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3