Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Баслы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
DEPUTATLIQ USHIRASIW BOLIP ÓTTI
янв.21
WAZIYPALAR BELGILEP ALINDI
янв.21
DEPUTAT ǴÁLLE JIYIN-TERIM BARISI MENEN TANÍSTÍ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi baslıǵınıń gezektegi ushırasıwı ótkerildi.
янв.21
“Taǵjap” awıl puqaralar jıyınınıń “máhalle jetiligi” jumısı úyrenildi
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI SHIMBAY RAYONDA BOLDI
янв.21
OLIY MAJLIS NIZAMSHILIQ PALATASI DEPUTATI XALIQ DEPUTATLARI RAYONLIQ KEŃESINIŃ JUMISI MENEN TANISTI.
янв.21
"Salamat jámiyet - kúshli mámleket" súreni astında medicinalıq tekseriw ótkerildi
янв.21
Депутатлар тәрепинен «Камбағаллықтан параўанлыққа қарай» бағдарламасының орынланыўы үйренилди
Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Lochin mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Erkin Navro‘zov, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrining Lochin mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif davomida mahalla hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki ko‘chalar hamda jamoat joylarining sanitariya holati, yashil hududlarni saqlash va kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Shuningdek, hududlarda tozalikni ta’minlash, infratuzilma obyektlarini tartibga keltirish, aholi uchun qulay va estetik muhit yaratish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda mahalla hududining qiyofasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahalla hududlarini yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholining farovon turmush kechirishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6