Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiya oldidan doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi 684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunining shahardagi ijrosi haqida shahar G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i F.Dovutovning hisoboti shahar Kengashi doimiy komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Yig‘ilishida davlat budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan olib borilayotgan nazorat ishlarini yanada kuchaytirish va tizimli bajarilishi yuzasidan shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.