Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
MADANIYAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH SAMARADORLIGI OʻRGANILDI

MADANIYAT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH SAMARADORLIGI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Axmadalieva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi oʻrganildi. 

  

Oʻrganish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, ayniqsa uyushmagan va ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mahalladagi muammoli oilalar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish hamda ularga amaliy yordam koʻrsatish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Jarayonda “Ayollar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini manzilli hal etish, ularning bandligini taʼminlash va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullar bilan fikr almashildi. Shuningdek, xotin-qizlar faolining aholi bilan doimiy muloqot olib borishi, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish borasidagi ishlariga baho berildi. 

Oʻrganish yakunida mahallada xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

   

Slide 1 of 2