Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli Qonuni (2019-yil 2-sentabr) talablari asosida olib borildi. Mazkur qonun doirasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda himoya mexanizmlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida:

xotin-qizlar bilan individual ishlash holati;
“Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligi;
tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar;
muammoli oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar;
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash holati tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, reja va hisobotlar, tegishli ma’lumotlar bazalari ko‘zdan kechirilib, ularning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda tizim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz ijtimoiy muhit yaratish hamda mahallalarda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3