Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Әҳмийетли ушырасыў болып өтти…
янв.21
Әҳмийетли ушырасыў болып өтти…
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń  6 - sessiyası bolıp ótti
янв.21
ДЕПУТАТ_УШЫРАСЫЎЫ
янв.21
Шымбай районында депутатлар ушын оқыӯ семинары шөлкемлестириди
янв.21
Шымбай районын социаллық-экономикалық раўажландырыў бойынша 2025-2029-жыллар даўамында әмелге асырылыўы режелестирилген жумыслар ҳаққында район ҳәкими Тажетдинов Айбек Алтынбековичтиң бағдарламасы
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң биринши сессиясы болып өтти
янв.21
Депутатлар_хошаметленди
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң жетписинши сессиясы
янв.21
Халық депутатлары Шымбай районлық Кеңесиниң 68-сессиясы
Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz ikkinchi sessiyasi 28-avgust kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 21-avgustda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz ikkinchi sessiyasi 2024-yil 28-avgust kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

“O‘zbekiston – 2030” harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari O.Xamrayevning hisoboti;

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasining 2024-yil I yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan boshqarma boshlig‘i S.Jabbarovning hisoboti;

viloyatda 2024-yil I yarim yilda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattorovning axboroti;

viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi B.Mirzayevning viloyat hokimining 2024-yil 24-iyuldagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi 214-7-0-Q/24-sonli qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan hisoboti;

Samarqand viloyati mahalliy byudjetning 2024-yil xarajatlarini maqbullashtirish to‘g‘risida;

viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari konsepsiyalarini kelishish to‘g‘risida;

Samarqand viloyatida tashqi reklama obyektlari uchun yig‘imlar miqdorini belgilash to‘g‘risida;

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko‘rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyatining namunaviy ichki mehnat tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida. 

Slide 1 of 1