Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Barraj” mahallasida joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan ovqatlar sifati hamda muassasalarning umumiy faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida deputatlar muassasalarda bolajonlar uchun yaratilgan ta’lim va tarbiya muhiti, xonalarning sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, kunlik taomnomalarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdilar.

🔵Shuningdek, oshxonalarda tayyorlanayotgan taomlarning sifati, mahsulotlarning yaroqlilik muddati, oziq-ovqat zaxiralarining saqlanish sharoitlari ham ko‘zdan kechirildi. Tarbiyalanuvchilar uchun vitaminga boy, sifatli va xavfsiz ovqatlanishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔵Deputatlar muassasa mudiri, xodimlar va tarbiyachilar bilan muloqot qilib, mavjud muammo va takliflarni tingladilar. Ayrim aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.

🔵Ta’kidlanganidek, yosh avlodning sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, ularga munosib ta’lim-tarbiya berish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsiz va qulay muhit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi o‘rganishlar esa tizimdagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7