Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
#Matbuot_anjumani #Deputatlar_faoliyati

#Matbuot_anjumani #Deputatlar_faoliyati

DEPUTAT XALQNING MUAMMOLARINI O‘RGANISHI KERAK

Matbuot anjumanimizning bgungi mehmoni 17-Tomoyrot saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputat Husniya Xudoyberdiyeva. Deputat   H. Xudoyberdiyeva tumanimizdagi “Navro‘z”, “Ilg‘or” va “Tomoyrot” mahallalari saylovchilari tomonidan saylangan.
-“Navro‘z” mahallamizda bog‘cha yo‘q va keiyngi yillarda tug‘ilgan bolalar ko‘pligi sababli hududda bu muammo paydo bo‘lmoqda, deydi H. Xudoyberdiyeva, - 77-maktabning katta yer maydonining hozirda beda ekilgan qismidan bog‘cha qurilishini so‘rab saylovchilarimiz murojaat qilishmoqda. Bu borada tuman Maktabgacha va maktab bo‘limiga murojaat qilayapman.

Shuningdek, “Ilg‘or” mahallasida OSHPning eski binosida bir ayol to‘rt nafar farzandi bilan yashaydi. To‘rt nafar farzandlari ham hali voyaga yetmagan. Hozir bu oila binoning ikkita xonasida istiqomat qilmoqda. Juda qiynalgan oila. O‘zi oshxonada idish yuvuvchi bo‘lib ishlamoqda. Tumanimizdagi quruvchilar bilan gaplashib, ehtiyojmand oilalarga berilayotgan imtiyozlardan foydalanib bu oilani uy-joyli qilish niyatim bor.

 Mahallaga deputatlik faoliyati uchun borganimizda 98, 75, 71, 77 va 87-maktablarga boraman, u yerdagi ta’lim jarayonlari bilan qiziqaman. “Ilg‘or” mahallasida ehtiyojmand oilalarga 10 million so‘m kredit hisobiga 100 ta tovuqlarni katagi bilan berish ishlari olib borilmoqda. Biz deputatlar aholining farovonlikda yashashi uchun mahalla yettiligi orqali qancha ishlarni qilish lozim bo‘lsa o‘z hissamizni qo‘shamiz.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 4