Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
Investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Madjitov tumanning “Kichiksoy” mahallasida “Radiks” MChJ tomonidan mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.

🔵O‘rganish jarayonida korxonada tibbiy doka, sterillangan bint, gipsli bint, umurtqa uchun belbog‘lar, tamponlar hamda boshqa turdagi tibbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

🔵Shuningdek, ishlab chiqarishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy uskunalardan foydalanish hamda mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasiga alohida e’tibor qaratildi. Korxona mas’ullari tomonidan loyihaning amalga oshirilish bosqichlari, mahsulotlarga bo‘lgan talab hamda kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.

🔵Deputat tomonidan mazkur loyihaning ahamiyati ta’kidlanib, aholini sifatli va arzon tibbiy mahsulotlar bilan ta’minlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bugungi kunda muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Slide 1 of 6