Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.

1-sonli Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tumani hokimi U. Barnoyev tashabbusi bilan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Unda mahalla yettiligi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Saylovchilar o‘z taklif va murojaatlarini bevosita bildirish imkoniga ega bo‘lib, ularning har biri atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Bildirilgan taklif va muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini yanada faollashtirish hamda hudud rivojiga xizmat qiluvchi muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
 

Slide 1 of 1