Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
янв.21
“Shańaraqlardıń bekkemligin kepilleymiz” akciyası ótkerildi
Olmazor tumanidagi "Gulsaroy" MFY yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Olmazor tumanidagi "Gulsaroy" MFY yig‘inida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur sayyor qabulda xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati D.Axmedova, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov, “Adolat” sotsial-demokratik partiya raisi U.Fayziyeva, XDP Olmazor tuman Kengashi raisi X.Xamidov hamda Olmazor tuman hokimining uy-joy kommunal bo‘limi mas’ul xodimi R.Azizov ishtirok etdi.

Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimidagi muammolar, BSK faoliyatidagi kamchiliklar, kommunal xizmatlar sifati, hududlarni obodonlashtirish, yo‘laklar va kirish yo‘llarining holati, uy-joy fondini ta’mirlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.

Aholi tomonidan ayniqsa BSK faoliyatidagi ayrim muammolar, xizmat ko‘rsatish sifati talab darajasida emasligi, tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda muhokamalar olib borilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, murojaatlarning ayrimlari okrug deputati tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga qonunchilik doirasida amaliy choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul yakunida aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish, mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5