Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
📌 SHOVOT TUMANIDA YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT YO‘NALISHIDA MUHIM TASHABBUSLAR KO‘RIB CHIQILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🤝 Yig‘ilishda yoshlar bandligini ta’minlash, sportni rivojlantirish hamda ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
✅ Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
📘 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi. 👍 Shovot tumani hokimligi yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i I. Jumabayev tomonidan ilgari surilgan taklif ko‘rib chiqilib, mazkur tashabbus ma’qullandi. ✨ Bu qaror yoshlar muammolarini hal etish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚽️ “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash masalasi ko‘rildi. 🏆 Shuningdek, “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” 2026-yilgi mavsumining ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish kelishib olindi.
💰 63 366 000 (oltmish uch million uch yuz oltmish olti ming) so‘m miqdorida mablag‘ ajratish taklifi ilgari surildi. 📄 Mazkur mablag‘larni “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ajratish bo‘yicha qaror Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.
🌟 Yig‘ilish yakunida ta’kidlanganidek, mazkur tashabbuslar yoshlar faolligini oshirish, sportni ommalashtirish hamda ijtimoiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2