Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
Aholi tomonidan qilingan murojaat deputatlar yordami bilan ijobiy yechim topdi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod va tuman Kengashiga 11-Qahramon saylov okrugidan saylangan deputat Amonov Jamshidlar hamkorlikda “Mehnatobod” mahallasida fuqarolar murojaati bo‘yicha joyiga borib holat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Ma’lumot o‘rnida,
Hozirgi kunda “Mehnatobod” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida 4 ta loyihalar bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shundan, mahallada 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlashlar ishlari ham bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Ushbu ishlar "Janub Dekor Qurilish Ta’mirlash" MChJ tomonidan bajarilayapdi.

Loyiha bo‘yicha 1,0 km masofaga piyodalar yo‘lakchasini qurish belgilangan. Ammo 100 metr oraliqdagi masofada piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari shu hududda tadbirkorldik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro tomonidan qarshilik ko‘rsatishi oqibatida ishlar to‘xtab qolgan.

Aholi tomonidan qilingan murojaat aynan shu masala bo‘yicha bo‘lgan.

Tuman deputatlari murojaat qilingan aholi bilan joyiga chiqib holat bilan tanishishdi.
Bu masalani hal etilishi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha ma’sul bo‘lgan tashkilotlar, ya’ni tuman hokimligidan soha mutaxassisi, kadastr palatasi tuman filialidan va tuman qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limidan mutaxassislar jalb qilindi.

Tadbirkorga tegishli hudud mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda qayta o‘lchandi. Natijada, tadbirkor tomonidan e’tirozli holatlarga oydinlik kiritildi. Bu bo‘yicha Deputatlar tadbirkorga tegishli tushuntirish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish yakuniy xulosaga ko‘ra PQ-141-sonli qarori asosida mahallada qurilishi davom etayotgan piyodalar yo‘lakchasini qurish ishlari loyiha bo‘yicha davom ettiriladigan bo‘ldi.

Slide 1 of 6