Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбай ҳаўазы газетасы
янв.21
Májlis sońında shólkemlestiriw máseleleri kórip shıǵıldı
янв.21
Isbilermenler háreketi - Ózbekstan Liberal-demokratiyalıq partiyasınıń gezektegi májilisi bolıp ótti
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDE
янв.21
“Doslıq” MPJ aymaǵındaǵı infrastruktura jumısları menen tanıstı
янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
#tavsiyalar_asosida_fhdyo_tantanalar_zali
#tavsiyalar_asosida_fhdyo_tantanalar_zali

Tantanalar zali — muhim bosqichlardan biri sifatida ko‘zdan kechirildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar FHDYO bo‘limi tarkibidagi tantanalar zaliga tashrif buyurdilar.

Bu yerda asosiy e’tibor — oddiy xona emas, balki hayotdagi eng muhim lahzalar o‘tadigan maskanga qaratildi. Nikoh marosimlari qanday o‘tayapti, fuqarolarni qanday muhit kutib oladi, xizmat sifati qanchalik darajada — barchasi joyida ko‘zdan kechirildi.

Zalning zamonaviy ko‘rinishi, bezagi va yaratilgan sharoitlari marosimlarni munosib, chiroyli va esda qolarli tarzda o‘tkazish uchun xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bu yerda har bir tafsilot — tantananing muhim qismi.

Shuningdek, tanishuv davomida FHDYO xodimi tomonidan yoshlarga nikoh shartnomasi bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilayotgani , Jumladan, nikoh shartnomasining huquqiy mazmuni, uni tuzish tartibi hamda er-xotin o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berib kelinayotganligi ma’lum qilindi.

Tantanalar zali — bu shunchaki xona emas, balki yangi hayot boshlanadigan muhim maskan ekani qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 7