Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
янв.21
“Shańaraqlardıń bekkemligin kepilleymiz” akciyası ótkerildi
янв.21
Deputat máhálle jetiligi aǵzaları menen birgelikte jaslardıń mashqalaların úyrendi
янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
#deputat_nazorati

                                                                                                                                                                                                                                                                                                       Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J. Norov va R. Murodovlar hamkorligida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

✔️O‘rganishlar davomida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, ishsiz fuqarolar bilan ishlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Tahlillar jarayonida 4353 nafar fuqarolarni doimiy ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, joriy yilning hisobot davriga qadar 6 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan va 121 kishining bandligi ta’minlangan, 58 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘rgatish uchun tuman hududidagi texnikumlarga qayta tayyorlovga o‘qishga yuborilgan. Yanvar-aprel oyida 4141 nafar norasmiy band fuqarolarning 1921 nafarining faoliyati legallashtirilgan. Aholi bandligini ta’minlash sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputatlar tomonidan bu kabi masalalar doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.

✔️Mazkur o‘rganishlar aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 5