Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
янв.21
“Shańaraqlardıń bekkemligin kepilleymiz” akciyası ótkerildi
янв.21
Deputat máhálle jetiligi aǵzaları menen birgelikte jaslardıń mashqalaların úyrendi
янв.21
HÚRMETLI MIYIRBIYKELER!
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 15–Bo‘stonobod saylov okrugidan saylangan deputat Fayziyeva Umida Baxramovna Bo‘stonobod MFY yig‘inida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Unda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengahsi deputati L.Hikmatova, kotibiyat bosh mutaxasissi U.Shopotixov, tuman kommunal bo‘limi vakili, mahalla raisi, mahalla “yettiligi” vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan mahallalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Bo‘stonobod MFY hududida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📁 Ta’kidlanganidek, deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududdagi muammolarni hal etish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning ijobiy yechim topishiga qaratilgan takliflarni ilgari surgan.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda hududni yanada obodonlashtirish bilan bog‘liq takliflar bildirildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

🔺 Uchrashuv yakunida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ayrim masalalar ijobiy hal etildi, qolgan dolzarb masalalar esa belgilangan tartibda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7