Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini o‘rganish va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

✔️Jumladan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Murodovlar “Navgadi” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini joyiga chiqib o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida loyihalarning amalga oshirilish bosqichi, yaratilgan ish o‘rinlari, infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

✔️Shuningdek, mas’ullar tomonidan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, loyihalarni amalga oshirishda uchrayotgan ayrim to‘siq va kamchiliklar muhokama qilindi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✔️Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududlarda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shimcha turtki berishdan iboratdir.

✔️Kengash kotibiyati tomonidan bu kabi o‘rganishlar muntazam ravishda amalga oshirilib, har bir loyihaning samarali ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6