Oʻrganish jarayonida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar tinglandi. Shuningdek, fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va boshqa masalalar yuzasidan tegishli tartibda choralar belgilab deputat soʻrovi chiqarish belgilandi.
Murojaatlar tahlili asosida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda kelgusida fuqarolar manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Maqsad: Fuqaro bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli ravishda hal etish.