Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash maqsadida, Boyovut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar manzilli o‘rganilmoqda.
🏢 Xususan, tumanda mavjud bo‘sh turgan davlat aktivlarini auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, tuman bo‘yicha jami 3 ta bo‘sh obyektni auksion savdolariga chiqarish rejalashtirilgan.
🔎 Shu munosabat bilan Beruniy mahallasida joylashgan bo‘sh turgan bino joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🤝 O‘rganish jarayonida Kengash raisi O.Isanov, Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova hamda deputat X.Juraholovich ishtirok etib, mazkur obyektni samarali foydalanishga jalb etish, uni auksion orqali realizatsiya qilish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
📊 Mazkur ishlar hududda bo‘sh turgan davlat mulklaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.