Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
#doimiy_komissiya 📌 Maktab va bog‘chalarda xavfsizlikni kuchaytirish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinovning 2026-yil 9-apreldagi 2/2957-son bildirish xati hamda Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining 2026-yil 7-apreldagi 01-38-356-son xulosasiga muvofiq, tumandagi ayrim maktab va bog‘chalarga PTZ-kameralarini xarid qilish hamda o‘rnatish uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur mablag‘lar maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining kirish-chiqish joylari hamda maktablarning ochiq sport maydonchalariga zamonaviy kuzatuv kameralarini o‘rnatishga yo‘naltiriladi.

💰 Ushbu maqsadlar uchun Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga 92 mln 368 ming so‘m mablag‘ ajratish taklifi ma’qullandi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Sh.O‘raqov hamda Ishtixon tumani hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shoniyazov ishtirok etib, mazkur mablag‘larning zarurati va kameralar o‘rnatilishi rejalashtirilgan muassasalar bo‘yicha tushuntirish berdilar.

PTZ-kameralari quyidagi muassasalarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan:

🏫 11-, 16-, 18-, 26-, 38-, 39-, 47-, 49-, 53-, 54-, 58- va 60-maktablar;

🏡 7-, 8-, 11- va 12-bog‘chalar.

Mazkur tashabbus ta’lim muassasalarida xavfsizlikni kuchaytirish, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun yanada xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4