Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QURILIS ÓNIMLERI ISLEP SHIǴARILMAQTA
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
Shımbay rayonı Sanitariya-epidemiologiya tınıshlıq hám jámiyetlik salamatlıǵı orayı
янв.21
“Shımbay beton” JSHJ islep shıǵarıw kárxanası
янв.21
“KEŃES” AWIL PUQARALAR JIYINI ISHIMLIK SUWI TÁMIYNATI JAQSILANBAQTA
янв.21
ҮЙРЕНИӮ БАРЫСЫНДА ДЕПУТАТ БИЛИМ БЕРИЎ МЕКТЕБИНИҢ МАТЕРИАЛЛЫҚ-ТЕХНИКАЛЫҚ ЖАҒДАЙЫН ҮЙРЕНДИ
янв.21
ДЕПУТАТ СОЦИАЛЛЫҚ ОБЪЕКТЛЕРДИ ҮЙРЕНДИ
янв.21
DEPUTAT BASLAMASÍ MENEN IShKI JOLLAR MAShQALASÍ ShEShILMEKTE
янв.21
DEPUTAT MÁHÁLLEDEGI SOCIALLIQ OBEKTLERDI ÚYRENDI
янв.21
DEPUTAT ESABAT TIŃLANDI
#jarayon #Aholi bandligi masalalari o'rganildi

#jarayon

#Aholi bandligi masalalari o'rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari Y.Musayev hamda kotibiyat mudiri B.Baxovadinov tomonidan O'rta Chirchiq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi ma'lum bo'ldi.

🖋O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🖇Shuningdek, mavjud holat yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholiga manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3