Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GRANT TIYKARINDA JEŃIP ALINǴAN JOYBAR JUMISI MENEN TANISTI
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" AǴZALARI MENEN USHIRASIW
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 25-sanlı “Qanlı jap” okrugi ÓZLIDEP partiyasınan saylanǵan deputat T.Palvaniyazova “Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
DEPUTATLAR TÁREPINEN SOCIALLÍQ TARAW OBEKTLERI ÚYRENILDI
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ҚУРЫЛЫС ЖУМЫСЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Deputat Grant tiykarında jeńimpaz bolǵan joybar jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
Xalq manfaati va hudud rivoji yo‘lida deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Jaro'rg'on tuman Kengashi deputati A.Toshpo'latov tuman Kengashi kotibiyati xodimi T.Rajabov bilan birgalikda o'z saylov okrugidagi "Istiqlol" mahallasida bo'lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va istiqbolli loyihalarning bugungi kundagi ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, deputatlar A.Xamareyv va Ch.Yusupov ishtirokida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan o‘rmon fondi yerlaridan unumli foydalanish va ko‘chatlar vegetatsiyasini yaxshilash maqsadida yangi sug‘orish qudug‘ini qurish ishlari deputatlik nazorati doirasida ko‘zdan kechirildi.

Ushbu loyihaning tadbiq etilishi nafaqat hududning ekologik holatini yaxshilashga, balki yangi bog‘lar tashkil etish orqali tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida qurilish jarayonlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, har bir bosqich qat’iy nazoratga olindi.

Bu kabi amaliy chora-tadbirlar tumanimizni yanada obod etish va belgilangan dasturlarning natijadorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 6