Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" AǴZALARI MENEN USHIRASIW
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesi 25-sanlı “Qanlı jap” okrugi ÓZLIDEP partiyasınan saylanǵan deputat T.Palvaniyazova “Kónshi” MPJ aymaǵındaǵı Qorǵanıw isleri Shımbay rayonlıq bólimi imáratınıń qurılıs jumısları menen tanıstı.
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
DEPUTATLAR TÁREPINEN SOCIALLÍQ TARAW OBEKTLERI ÚYRENILDI
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ТӘРЕПИНЕН ҚУРЫЛЫС ЖУМЫСЛАРЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Deputat Grant tiykarında jeńimpaz bolǵan joybar jumısı menen tanıstı
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Депутат_ҳәм_жаслар
янв.21
Депутат_мәҳәлледе
янв.21
Deputat máhállede milliy ónermentshilikti úyrendi
Deputalarning ijtimoiy tarmoqlardagi haftalik chiqishlari reja-jadvalining ijrosi

Xalq deputatlari Jaro'rg'on tuman Kengashi deputati N.Shomurodov o'z saylov okrugidagi "Oltintepa" mahallasida "Mahalla yettiligi" hamda mahalliy aholi vakillari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va istiqbolli loyihalarning bugungi kundagi ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

Deputat hududdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish jarayonida, ayni paytda jadal sur’atlarda davom etayotgan yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish maydonida bo‘lib, ish sifati va muddatlarini o‘rgandi.

O'rganishlar yuzasidan tumandagi “Oltintepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud 75 o‘rinli bino o‘rnida 90 o‘rinli yangi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurish rekonstruksiya qilish ishlari hamda mahalladagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishildi. 

Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati o'rnatilib, tuman taraqqiyoti yo‘lidagi loyihalarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5