Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

14-O‘zbekiston saylov okrugi deputati F.Cho'liyeva tomonidan “Azizon” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar va ularning murojaatlari tinglandi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilinib, ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda dolzarb muammolarni hal etishda bunday muloqotlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1