Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 7-Toshmachit saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Ochilov Toshmachit mahallasida aholisi bilan uchrashdi.
Tuman Kengashi deputati mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholining murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.