Deputat Rustamjon Isaqov Chorsu mahallasida mahalla faoliyati bilan tanishmoqda
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov jinoyatchilikning oldini olish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Chorsu mahallasida mahalla faoliyati bilan tanishmoqda.
Uchrashuv ayni vaqtda mahalla “yettligi” a’zolari ishtirokida o‘tkazilmoqda bo‘lib, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Uchrashuv jarayonida mavjud muammolar yuzasidan taklif va tashabbuslar tinglanmoqda, ularni hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilmoqda. Belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlanmoqda.