Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati M.Ochilova Quruvchi mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda M.Ochilova 2025-yildagi deputatlik faoliyati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida saylovchilarga hisobot berdi. Shuningdek, 2026-yil davomida deputatlik faoliyatida belgilab olingan vazifalar to‘g‘risidaoʻqib eshittirdi. Shundan soʻng uchrashuvning ochiq muloqot qismiga oʻtildi. Unda fuqarolar tomonidan murojaat, taklif va mulohazalar aytib oʻtildi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni hal etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.