Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari va a’zolari Chimboy tumani hokimligi binosida bo‘lib, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
“Mehir háreketi”
янв.21
Депутат қадағалаўы
янв.21
Шымбай районы ХДП: ШЫМБАЙ РАЙОНЫНДА “ҚАТАРЫМЫЗДАҒЫ ЖАСЛАР” ЖОЙБАРЫ ӨТКЕРИЛДИ.
янв.21
8-dekabr Konstituciya qabıl etilgen kún
янв.21
SHÍMBAYDA DONORLÍQ AKCIYASÍ ÓTKERILDI
янв.21
Shımbay rayonında Ózbekstan Respublikası Konstituciyası qabıl etilgeniniń 33 jıllıǵı keń túrde belgilendi
янв.21
8-DEKABR ÓZBEKSTAN RESPUBLIKASINIŃ KONSTITUCIYASINIŃ QABIL ETILGEN KÚNI
янв.21
Меҳир үлесейик акциясы
Yerlardan samarali foydalanish va chorvachilikni rivojlantirish (https://senat.uz/events/post-4408) masalalari o‘rganilmoqda

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A.Tuychiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylov va o‘rmon fondlarida ozuqabop ekinlar yetishtirish hamda chorvachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganilmoqda.

Viloyat hokimligida soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan  muloqotda yer maydonlarini foydalanishga kiritish, yaylovlardan foydalanish muammolari va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati xususida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari “PUREMILKY PRODUCTS” sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

Ushbu fermer xo‘jaligi sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda 3 600 bosh qoramol boqilmoqda, shundan 1500 bosh sog‘in sigirlar. Ulardan o‘rtacha bir kunlik sog‘iladigan sut 46 tonnadan ziyodni tashkil etadi.

 Bu yerda chorva boqish sharoitlari, ozuqa tayyorlash jarayoni va oziqlantirish tizimi, zamonaviy texnologiyalar, sog‘ish uskunalari hamda chorva salomatligini nazorat qilish bo‘yicha amalda qo‘llanilayotgan mexanizmlar kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.

Ishchi guruh tomonidan masʼullarga chorvachilik mahsulotlari, sut va go‘sht yetishtirish hajmini oshirish, ularni bozorga yetkazish jarayoni, veterinariya xizmatlari bilan hamkorlik, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh o‘rganishlarini davom ettirmoqda. 

Slide 1 of 6