Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
янв.21
XALIQ DEPUTATLARI SHIMBAY RAYONLIQ KEŃESINIŃ GEZEKTEGI 19-SESSIYASINA SHAQIRILADI
Deputat va mahalla yettiligi:

Deputat va mahalla yettiligi:

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, navbatdagi yig‘ilishda deputat A. Avliyakulov va mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan faoliyat muhokama qilindi. Shu jumladan, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan bajarilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar tahlil qilindi.

1. Hokim yordamchilari faoliyati:

Mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rganish, kambag‘allikdan chiqarish rejalari bo‘yicha manzilli ishlar olib borilayotgani tahlil qilindi. Xususan, daromadi past oilalar bilan suhbatlar, ularni o‘ziga xos kasbga yo‘naltirish, subsidiya va kredit dasturlariga ulash, tomorqa yuritish madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning samaradorligi ko‘rib chiqildi.

2.Yoshlar yetakchisi faoliyati:

Mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari” bilan ishlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlar o‘tkazish, kasbga yo‘naltirish, bandlikni ta’minlash borasidagi tashabbuslar o‘rganildi. Shuningdek, yoshlarning qo‘llab-quvvatlash va ularni o‘qish-kurslarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi baholandi.

3. Xotin-qizlar faoli faoliyati:

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ayollar daftari bilan ishlash, ijtimoiy himoya, kasbga o‘qitish, uy sharoitida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, huquqiy-maslahat ko‘maklari berish, muhtoj ayollarni tegishli dasturlarga ulash bo‘yicha bajarilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Bundan tashqari, ayollar bandligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Deputat va mahalla yettiligi tomonidan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlar chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar, ularning sabablari hamda amaliy yechimlar yuzasidan takliflar berildi.

Yakunda mahallada “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, ekish rejalari va mas’ullar bilan kelishuvlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 3