Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Медициналық көрик
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
ӨЗБЕКСТАН ХДП ШЫМБАЙ РАЙОНЛЫҚ КЕҢЕСИНИҢ IV ПЛЕНУМЫ: ЕСАБАТЛАР ҲӘМ РЕЖЕЛЕР КӨРИП ШЫҒЫЛДЫ
янв.21
Xalıq deputatları Shımbay rayonlıq Keńesiniń gezektegi 19- sessiyası bolıp ótti
янв.21
Шымбайда 967 мың АҚШ долларлық жойбар: Жаңа объект халық саламатлығына хызмет етеди
янв.21
ДЕПУТАТ ИТИБАРЫ – БИЛИМЛЕНДИРИЎ САПАСЫНЫҢ КЕПИЛЛИГИ
янв.21
Кеңес баслығының жаслар менен ушырасыўы өткерилди
янв.21
Жаслар сиясаты — баслы дыққат-итибарда
янв.21
“Gújimli” máhállesinde deputatlar hám máhálle jetiligi qatnasında májilis bolıp ótti
янв.21
Turaqlı komissiya májlisi ótkerildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi

Termiz tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida o‘rganish va tahlil ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — ta’lim sifati, o‘quv jarayonining samaradorligi hamda o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlab, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishdan iboratdir.

Deputatlar tumandagi 23-maktabda bo‘lib, sinfxonalar, fan laboratoriyalari, sport zallari, kutubxonalar va issiqlik tizimlarining holatini o‘rganishdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, xavfsizlik choralari, o‘quvchilarning darslarga qatnash intizomi hamda o‘quv-tarbiyaviy ishlarning sifati tahlil qilindi.

Suhbat jarayonida deputatlar pedagogik jamoalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘qituvchilarni qiynayotgan masalalarni tingladilar. Shuningdek, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilg‘or pedagogik usullarni joriy etish va yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash borasida tavsiyalar berdilar.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va topshiriqlar berildi. Bu kabi o‘rganishlar tuman miqyosida ta’lim sifatini oshirish, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4