Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
MADANIYAT MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK VA YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida shahar Madaniyat bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi S.Azizov ishtirok etdilar.

Deputatlar tomonidan muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, isitish tizimi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida tashkil etilgani munosabati bilan isitish xizmatining uzluksizligini ta’minlash, tizimning mavsumga tayyorligi hamda sovuq kunlarda muassasalarda zarur harorat sharoitlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bunda davlat-xususiy sheriklik doirasida belgilangan majburiyatlarning bajarilishi, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash va mavjud ehtiyojlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, muassasada xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklar holati ham ko‘zdan kechirildi. Barcha fuqarolar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish masalasi o‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Mazkur o‘rganish madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga qaratilgan.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish, kuz-qish mavsumida isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash va aholiga ko‘rsatiladigan madaniy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan soha faoliyati va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib boriladi.

Slide 1 of 4