Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️TOSHKENT SHAHRIDA ISSIQLIK TARMOQLARIDAGI AVARIYALARNING OLDINI OLISH VA ULARNI TEZKOR BARTARAF ETISH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK direktori S. Karimovaga poytaxtda isitish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalar, issiqlik ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish hamda avariya-tiklash xizmatlarining tayyorgarligi yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Sergey Mironov 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumida issiqlik tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash, avariya holatlariga tezkor munosabat bildirish, ta’mirlash brigadalarining doimiy shayligini ta’minlash va issiqlik tarmoqlarini masofadan nazorat qilish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilgani yuzasidan savol berdi. Shuningdek, avariyalarni bartaraf etishning amaldagi muddatlari va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar uzluksizligini ta’minlash masalalariga aniqlik kiritishni so‘radi.

🗣 JAVOB: “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK direktori S. Karimova mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

🚨 Jumladan, korxonada kecha-kunduz faoliyat yuritadigan 29 ta avariya-tiklash brigadasi tashkil etilgani, shuningdek, har bir tumanda dispetcherlik xizmati hamda markaziy dispetcherlik xizmati faoliyat ko‘rsatishi qayd etildi. Avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilgan me’yoriy muddat 120 soat bo‘lib, 2025–2026-yillar isitish mavsumida amaldagi o‘rtacha muddat 60 soatni tashkil etgani ma’lum qilindi.

📡 Issiqlik tarmoqlaridagi nosozliklarni erta aniqlash maqsadida tarmoqlarning oxirgi nuqtalariga 346 ta onlayn monitoring nuqtasi o‘rnatilgani bildirildi. Mazkur monitoring tizimi orqali issiq suv bosimi va harorati markaziy dispetcherlik xizmatida masofadan kuzatilib, ehtimoliy nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyati yaratilgani qayd etildi.

🏗 Shuningdek, avariya holatlarini bartaraf etish uchun zarur moddiy-texnik zaxiralarni shakllantirish va avariya-tiklash brigadalarining doimiy shayligini ta’minlashga e’tibor qaratilayotgani bildirildi.

📋 Muhokamada isitish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish, avariya holatlarini tezkor bartaraf etish, dispetcherlik nazoratini kuchaytirish hamda aholining issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalari muhimligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1