Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “20-Mirzaobod” saylov okrugi deputati R.Amanova, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “Mirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📊 O‘rganish davomida mahallada Ijtimoiy reyestrga jami 102 nafar fuqaro kiritilgani, ularning muammolarini manzilli hal etish va daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida 16 nafar fuqaro reyestrdan chiqarilgani qayd etildi.
🔹 Hozirgi kunda Ijtimoiy reyestrda 86 nafar fuqaro qolgan bo‘lib, ular bilan individual ishlash, bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning farovonligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.