Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tomonidan “Xidirsho” mahallasida joylashgan 25-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, jumladan:
isitish tizimi va qozonxonalarning texnik holati;
qishki mavsum uchun yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida maktab hududidagi 4 ta qozonxonaning holati talab darajasida emasligi aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda ta’lim muassasasida qish mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida mavjud muammolarni aniqlash, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7