70-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
🎓 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev navbatdagi sessiya oldidan Beshbola mahallasida joylashgan 70-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, yoqilg‘i zaxirasi hamda o‘quv xonalarini qish mavsumida issiqlik bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🪨 Ma’lum qilinishicha, ayni paytda maktabda 40 tonna ko‘mir zaxirasi jamg‘arilgan. Bu esa ta’lim muassasasini mavsum davomida yoqilg‘i bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
✅ Deputat tomonidan maktabda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimlarining sozligini nazorat qilish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarining mavsumga tayyorgarligini nazorat qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.