Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov gaz ta’minoti tizimida amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni hamda xususiy gaz ta’minoti shoxobchalari faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov ham ishtirok etdi.

Bugungi kunda viloyat bo‘ylab jami 238 976 ta tabiiy gaz iste’molchisi mavjud. Aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash va mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida 26,2 kilometr gaz tarmog‘i hamda 54 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlangan.

Shuningdek, suyultirilgan gaz ta’minotini tartibga solish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida tizim to‘liq raqamlashtirilgan. Gaz yetkazib beruvchi transport vositalariga kuzatuv kameralari o‘rnatilib, mahsulotni yetkazib berish jarayonini nazorat qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Suyultirilgan gaz ta’minotida xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda viloyatda “Muborak Gaz Invest” MChJ, “Afsona Energy” XK hamda “Yangi Asr” MChJ tomonidan aholiga va tadbirkorlik subyektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganish davomida tizimda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, gaz ta’minoti samaradorligini oshirish hamda aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholi uchun uzluksiz gaz ta’minotini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 6