Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

#162_ta_eng_muhim_qonun

YUSUF SAKKOKIY MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Jamshid Karimov tomonidan Yusuf Sakkokiy mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

📝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi oqova suv tizimini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, asfalt qoplamasi yotqizish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish hamda imtiyozli asosda yoki bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash masalalari yuzasidan 10 dan ortiq murojaatlar bildirildi.

💹 Deputat tomonidan har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli masalalar deputatlik murojaati sifatida rasmiylashtirildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🗣 Fuqarolar bilan muloqot davomida aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

🧠 Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish hamda joylardagi mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4