Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati
#deputat_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 3-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya sifati va sharoitlar o‘rganildi

✅Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim va tarbiya olishlarini ta’minlash hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Allamuratova, tumani Kengashi deputati I.A.Xalmatov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov tumandagi 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazdilar.

🫥Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan normalarning hayotga tatbiq etilishi holatini baholash maqsadida tashkil etildi.

🫥Monitoring davomida guruh va yotoqxonalarning moddiy-texnik holati, o‘quv mashg‘ulotlarining interaktivligi, tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, saqlanish sharoitlari va sanitariya me’yorlariga rioya qilinishi ko‘rib chiqildi.

🫥Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ta’lim sifatini yaxshilash, ovqatlantirish tizimi ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish hamda dars jarayonlariga ilg‘or innovatsion metodikalarni tatbiq etish bo‘yicha bog‘cha ma’muriyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1