Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
AHILOBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR UCHUN MINI FUTBOL MAYDONI BARPO ETILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M. Murzametova tomonidan “Ahilobod” mahallasidagi 13/64-uy hududida mini futbol maydonini barpo etish ishlari o‘rganildi.

🏗Ayni paytda hududda yoshlar uchun mo‘ljallangan mini futbol maydonini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, mazkur tashabbus mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

⚽️Yangi sport maydonchasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

👥Deputat tomonidan o‘rganish davomida ishlarning borishi, hududni obodonlashtirish va sport maydonidan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, maydonning sifatli va belgilangan talablar asosida barpo etilishi muhimligi ta’kidlandi.

📌Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.

Slide 1 of 2