EKSPERT GURUHINING TARKIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?
Ekspert guruhi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida uning tarkibi va ish yuritish tartibi qonunchilik asosida belgilangan.
Ekspert guruhi tarkibiga
✅ rais;
✅ rais oʻrinbosari;
✅ kotib;
✅ aʼzolar kiradi.
Ekspert guruhi aʼzoligiga, qoida tariqasida:
✅
mahalliy Kengash deputatlari;
✅
Kengash kotibiyati xodimlari;
✅
faxriy deputatlar;
✅
ilmiy va taʼlim muassasalari mutaxassislari;
✅
jamoatchilik sohasida tajribali fuqarolar;
✅
NNT, OAV va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ekspert guruhi tarkibi
✅
viloyat va Toshkent shahar Kengashlarida 20 kishigacha;
✅
tuman va shahar Kengashlarida 10 kishigacha shakllantiriladi.
✅Ekspert guruhi tarkibi har yili mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Ekspert guruhi raisi.
✅
guruh faoliyatini tashkil etadi;
✅
majlislarni chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
✅
ish rejalari hamda bayonnomalarni tasdiqlaydi;
✅
aʼzolarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
✅ Ushbu tizim mahalliy Kengashlar faoliyatida professional yondashuv, ochiqlik va samaradorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.