Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi

Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati o‘rganildi

Mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud masalalarga yechim topishda xotin-qizlar faollarining o‘rni muhim.

Shu maqsadda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassislari G.Achilovalar tomonidan mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning muammolarini aniqlash, ehtiyojlarini o‘rganish hamda tegishli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e'tibor qaratildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallalarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish va “Ayollar daftari” bilan ishlash samaradorligini oshirishdan iborat.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3