#Deputat_so‘rovi
#Deputat_nazorati
40-maktabdagi muammolar deputat e’tiborida. O‘quvchilar xavfsizligi va munosib ta’lim sharoitlarini ta’minlash — muhim vazifa!
📝Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O. Akromov tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aniqlangan muammolar yuzasidan deputat so‘rovi chiqarildi.
📝So‘rovda maktab sport zalidagi isitish tizimini tiklash, bino devorlari, shift va pol qismlarining texnik holatini tekshirish, xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda hojatxonani ta’mirlab, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq sharoit yaratish masalalari ko‘tarildi.
📝Deputat so‘rovida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchilar hamda pedagoglar uchun xavfsiz, munosib sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.