Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH - MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
MAHALLADA XOTIN-QIZLAR VA YOSHLAR TADBIRKORLIGI HAMDA DUAL TA’LIM MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
BOLAJONLAR KELAJAGI — E’TIBOR MARKAZIDA!
янв.21
MUAMMOLAR “DEPUTAT DАFTARI”GA QAYD ETILDI
янв.21
BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DOIRASIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA
янв.21
“BEK-TO‘PI” MAHALLASIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATUVCHI BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ARIQLARNI QAYTA TIKLASH MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
89-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
#24_ta_tavsiya #deputatlik faoliyati #kunlik reja

"Zarbuloq" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy reabilitatsiya ishlarining samaradorligini ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur tadbir Kotibiyat mudiri Sevar Qodirovaning kunlik rejasiga muvofiq, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev hamkorligida tashkil etildi. Muloqot va jarayonlar markazida mahalla drayveri bo‘lgan hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning amaliy faoliyati joy oldi.

O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy asosi:
Prezident topshiriqlari ijrosi: Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
PF-209-sonli Farmon talablari: Aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak berish mexanizmlari qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimning o‘zaro integratsiyalashgan faoliyati, mahalla infratuzilmasi hamda har bir xonadonning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli atroflicha tahlil etildi. Mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mahallalarda aholi manfaati yo‘lidagi tizimli va manzilli ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 5