Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOLIQ MADANIYATI — MAHALLA TARAQQIYOTI VA FAROVONLIK OMILI
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIAL-XORAZMIY MAHALLASIDA YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏢 AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘P QAVATLI UYLARDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“DIYOR” MAHALLASIDA KO‘CHALAR HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI

“DIYOR” MAHALLASIDA KO‘CHALAR HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha” o‘rganish ishlari doirasida “Diyor” mahallasi hududidagi ko‘chalarning holati va mavjud muammolar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘chalarning holati, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari, hududni obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. 

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularni bartaraf etish choralarini belgilash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur ishlar deputatlik faoliyatining 8-yo‘nalishi — ichki yo‘llar, ko‘cha yoritilishi va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar bilan hamohangdir. Shuningdek, qonunlar taqsimotiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-sonli “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida hududdagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga jamoatchilik e’tiborini qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 3