Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOLIQ MADANIYATI — MAHALLA TARAQQIYOTI VA FAROVONLIK OMILI
янв.21
AL-XORAZMIY MAHALLASIDA YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIAL-XORAZMIY MAHALLASIDA YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIK VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🏢 AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘P QAVATLI UYLARDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“FUQAROLAR TASHABBUSI JAMG‘ARMASI”NI MOLIYALASHTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
“ERTA ARALASHUV” XIZMATINI TASHKIL ETISH MASALASI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLIY BUDJET IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Ijtimoiy reyestrdagi oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 18-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputati R.Talipdjanov tomonidan “Toshkentlik go‘zari” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Toshkentlik go‘zari ko‘chasi, 2-uyida istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro A.Jamilova xonadoniga tashrif buyurildi. Tashrif davomida oilaning yashash sharoitlari, mavjud ehtiyojlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadonni ta’mirlash ishlari uchun 20 mln 30 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlarini boshlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu mablag‘ oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash va yanada qulay muhit yaratishga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5