Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati “Turon” mahallasida ichki yo‘llar holati deputatlik nazoratiga olindi

Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova tomonidan “Turon” mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida mahallaning Beruniy ko‘chasidagi ichki yo‘llar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani, asfalt qoplamasi eskirgani va nosoz holatga tushgani aniqlandi. Mazkur holat, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida piyodalar va avtotransport vositalarining harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirib, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Saribayevga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda ko‘cha yo‘llarini joriy yoki mukammal ta’mirlash, asfalt qoplamasini tiklash hamda tegishli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik nazorati davom etadi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli ishlar izchil davom ettiriladi.