Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
янв.21
FUTBOL MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI



Lutfiy mahallasi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna mahalla raisi bilan hamkorlikda hududni aylanib chiqib, mahallada mavjud dolzarb muammolarni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘kalamzor hududlarni saqlash, daraxt va ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orish hamda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dolzarb masala — avval mavjud bo‘lgan ariqlarni qayta tiklash.

Mahallada ilgari mavjud bo‘lgan ariqlarni qayta tiklash daraxtlar, ekinlar va yashil hududlarni muntazam sug‘orish, shuningdek, mahallaning obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

Biroq mazkur muammoni hal etish uchun ariqlarni tiklash ishlariga zarur mablag‘ ajratilishi lozim. Shu bois, ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, moliyalashtirish imkoniyatlarini o‘rganish va amaliy yechim topish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Ariqlarning qayta tiklanishi mahalladagi yashil hududlarni asrab-avaylash, daraxtlarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.


Ushbu masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Muammoni hal etish, zarur mablag‘ ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va ariqlarni qayta tiklash bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga alohida e’tibor qaratiladi.

Maqsad — Lutfiy mahallasida obodlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun yanada qulay muhit yaratish.

Slide 1 of 2