Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bekmurdov tomonidan tuman mahalliy byudjetining 2026-yil I-chorak daromadlar rejasining ortirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi VII-29-49-9-127-K/26-sonli Kengash qarori ijrosi yuzasidan Sardoba tumani madaniyat bo‘limiga ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli hamda samarali sarflanishi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur mablag‘lar hisobidan madaniy-ommaviy tadbirlarni sifatli tashkil etish maqsadida sahna tadbirlari uchun zarur bo‘lgan fonlar hamda madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchi raqs jamoalari, bolalar, sozandalar va ertak qahramonlari uchun sahna liboslarini xarid qilishga yo‘naltirilganligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga muvofiq sarflanganligi, xarid qilingan jihoz va liboslarning mavjudligi hamda ulardan madaniy tadbirlar jarayonida foydalanilayotganligi tegishli hujjatlar asosida o‘rganildi.
O‘rganish natijasida tuman madaniyat bo‘limiga ajratilgan mablag‘lar ommaviy va madaniy tadbirlarni tashkil etish, ularning badiiy saviyasini oshirish, tadbirlarda ishtirok etuvchi ijodiy jamoalar uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadlariga yo‘naltirilganligi aniqlandi.
Mazkur mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tumanda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarni mazmunan boyitish hamda ularning ta’sirchanligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, byudjet mablag‘laridan foydalanishda qonuniylik, maqsadlilik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish, xarid qilingan moddiy boyliklarning saqlanishi va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2