Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENG MUHIM QARORLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI.
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDAGI ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT BEK-TO‘PI MAHALLASIDA OBODONCHILIK VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT ISHTIROKIDA: BEK-TO‘PI MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Mahallada xavfsizlik va osoyishtalik — ustuvor vazifa
янв.21
LUTFIY MAHALLASIDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
🌿 “YASHIL MAKON” — OBOD MAHALLA VA SOG‘LOM MUHIT SARI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
янв.21
FUTBOL MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI
SIFATLI ELEKTR TA’MINOTI — AHOLI FAROVONLIGINING MUHIM OMILI

Mahallalarda elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash, mavjud infratuzilmani rivojlantirish va aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati Iftixorjon Jo‘raev Qo‘qonboy va Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inlarida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini joyiga chiqqan holda monitoring qildi.

Mazkur ishlar Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida olib borilmoqda. Monitoringda tegishli loyiha mutaxassisi, tuman elektr ta’minoti korxonasi muhandisi, pudratchi tashkilot vakillari va mahalla faollari ishtirok etdi.

Jarayonda qurilish ishlarining joriy holati ko‘rib chiqilib, ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va loyihani o‘z vaqtida yakunlash masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullar bilan o‘zaro hamkorlikda mavjud muammolarni hal etish hamda qurilish ishlarini qisqa muddatlarda tugallash bo‘yicha kelishib olindi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli loyihalar ijrosida mas’uliyatni oshirish, mablag‘lar samaradorligini ta’minlash va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi
natijalarga erishishga qaratilgan.

Slide 1 of 1